Biz haqimizda

MUALLIF HAQIDA MA’LUMOT.

 Nazarov Asror Allanazarovich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti.  1983 yil Qashqadaryo  viloyati G’uzor tumani Qumchup qishlog’ida tug’ilgan. 1989 yil G’uzor tumanidagi 29- o’rta maktabga 1-sinfga o’qishga bordi. 1998 yil 9-sinfni bitirib G’uzor tuman Aziz Haydarov nomli letsiy maktab internatiga o’qishga qabul qilindi. 2000 yil ushbu letsiyni tamomlab, Toshkent Avtomobil-yo’llar institutiga 1-kursga o’qishga qabul qilindi. 2004 yil mazkur institutda bakalavriat yo’nalishini tamomlab shu yilning o’zida shu institutning “Harakat xavfsizligini tashkil etish”  kafedrasiga magistraturagao’qishga qabul qilindi. 2006 yil magistraturani tamomlab, harbiy xizmatni o’tash uchun armiyaga ketdi. 2007 yil Qarshi Muhandislik –Iqtisodiyot Institutini “Texnikalardan foydalanish va mehnat muhofazasi”  kafedrasiga laboratoriya mudiri lavozimida ish boshladi. 2008 yil “Fizika va mexanika” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilindi. 2010-2016 yillarda  Qarshi Muhandislik –Iqtisodiyot Institutini “Umumtexnika fanlari” kafedrasi assistenti, 2016-2020 yillarda “Umumtexnika fanlari” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2020 yildan  “Umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 

«Umumtexnika fanlari» kafedrasi institut rektorining 2015 yil 25 avgustdagi 384/M-sonli buyrug‘iga asosan “Umumtexnika fanlari” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

   “Umumtexnika fanlari” kafedrasida talabalarga yuqori saviyada ta’lim va tarbiya berishni tashkil etish,  talabalarga davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va kо‘nikmalarni о‘zlashtirish, fanlar bо‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarni samarali amalga oshirish, talaba yoshlarda yuksak ma’naviyatni о‘stirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talabalarning ijtimoiy-siyosiy ongini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirish va ularni о‘z yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha chuqur bilimga ega bо‘lgan kadrlar qilib tayyorlash kafedra professor-о‘qituvchilarining asosiy vazifasi  hisoblanadi.

   Kafedra jamoasining о‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik va ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlari kelajakda bozor iqtisodiyoti sharoiti talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh  kadrlarni tayyorlashga qaratildi.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-о‘qituvchilar rо‘yxati

  • 1-Fayzullayev Xayriddin Alimurodovich-Kafedra mudiri Dotsent
  • 2-Yakubov Sabir Xalmuradovich-Professor
  • 3-Donayev Burxon Donayevich-Dotsent
  • 4-Abdimuminov Erkin Fayziyevich-Dotsent
  • 5-Raximov Jo‘ra Suyunovich-Dotsent
  • 6-Safarov Megli Jumayevich-Dotsent
  • 7-Murtazayev Eshmurod Mustafayevich-Dotsent
  • 8-Norchayev Jaloliddin Rustamovich-Dotsent
  • 9-Nazarov Asror Allanazarovich-Dotsent
  • 10-Eshqobilov Olim Xoliqulovich-Dotsent
  • 11-Mirzayev Otabek Abdukarimovich–(PhD)Katta o‘qituvchi
  • 12-Jomonqulov Xomid Ochilovich-Katta o‘qituvchi
  • 13-Nurova Oliya Salomovna-Katta o‘qituvchi
  • 14-Radjabov Mansur Rustamovich-Katta o‘qituvchi
  • 15-Berdiyev Sherzod Alimardonovich-Katta o‘qituvchi
  • 16-Xalilov Muxtor Suvonovich-Katta o‘qituvchi
  • 17-Tursunov Shavkat Serabovich-Katta o‘qituvchi
  • 18-Nabiyev Elyor Safarovich-Katta o‘qituvchi
  • 19-Irgashev Dilmurod Bekmurodovich-Katta o‘qituvchi
  • 20-Sharipov Shuhrat Po‘latovich-Katta o‘qituvchi
  • 21-Almardonov Oybek Maxmatqulovich-Katta o‘qituvchi
  • 22-Qo‘ziyev Nodir Murodullayevich-Assistent
  • 23-Daminov Lazizbek Olimovich-Assistent
  • 24-Mustapaqulov Sodiq Ungiboyevich-Assistent
  • 25-Boymuratov Farrux Xamzayevich-Assistent
  • 26-Ashirov Boybo‘ri Sheraliyevich-Assistent
  • 27-Suyunova Yulduz Axmatovna-Assistent

Kafedrada о‘qitilayotgan fanlar rо‘yxati

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
  • Muhandislik grafikasi va kompyuterli loyihalash
  • Muhandislik chizmasi va eskiz
  • Muhandislik grafikasi
  • Nazariy mexanika
  • Materiallar qarshiligi
  • Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi
  • Mexanika
  • Mashina va mexanizmlar nazariyasi
  • Mexanika (MQ, MMN, MD)
  • Mashina detallari
  • Mashina detallari va loyihalash asoslari
  • Texnik mexanika
  • Amaliy mexanika
  • Materialshunoslik
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    “Umumtexnika fanlari” kafedrasida iqtidorli va iste’dodli talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish maqsadida “Mexanika” fan tо‘garagi tashkil etilib, ishchi dastur va rejalari ishlab chiqildi. Tasdiqlangan jadval asosida 3 ta iqtidorli guruhda jami 42 nafar talabaga о‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, ilmiy faoliyat muntazam ravishda olib borilmoqda.